Maskning aytishicha, robotning bo‘yi 172 santimetr, vazni 57 kilogramm bo‘ladi. Yuz o‘rniga ekran bo‘ladi, qo‘llari va oyoqlari 40 ta maxsus simlar orqali boshqariladi.
Bundan tashqari, robot mavjud bo‘lgan sun’iy intellekt qurilmalarining bir qismini ishlata oladi. Masalan, robot Tesla avtomashinalari kabi maxsus kameralar bilan jihozlanadi.
Maskning so‘zlariga ko‘ra, robot do‘konga borishi, buyumlarni olib kelishi va boshqa buyruqlarni bajarishi mumkin.