TOShKENT, 19 avg - Sputnik. Samarqandda Covid-19 infeksiyasiga chalinganlarni davolashga mo‘ljallangan ikkita markaz yopildi.
"Viloyatda koronovirus bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashgani hamda kasalliklar aniqlanishi keskin kamayganligi bois bugun, 19-avgust kunidan boshlab Samarqand shahri Kimogarlar qo‘rg‘oni (Xospis) va Kattaqo‘rg‘on shahridagi "Marvarid" davolash markazlaridagi faoliyatini to‘xtatdi", deyiladi VSSB axborot xizmati xabarida.
Ta’kidlanishicha, mazkur markazlarda davolanyotgan bemorlar sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatilgan.