O‘zbekistonda koviddan vafot etganlar 1000 nafardan oshdi

Kecha koronavirusdan yana sakkiz kishi o‘lgan. Pandemiya boshlangandan buyon qurbon bo‘lganlar soni 1002 nafarga yetgan.
Sputnik
TOShKENT, 19 avg – Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 1002 nafarga yetdi. 18-avgust kuni COVID-19 bilan kasallangan yana sakkiz bemor vafot etgan. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kecha yana 844 kishida koronavirus aniqlangan va mamlakatda kasallanganlarning umumiy soni 146 459 ming nafarni tashkil etmoqda.
Shu bilan birga, 18-avgust kuni 386 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 19 586 nafarga yetgan. Ulardan 12 168 nafari sog‘ayib ketgan.
O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha vaziyat murakkabligicha saqlanib qolmoqda – Atabekov
Shuningdek, 3 nafar bemor pnevmoniyadan vafot etgan va shu kungacha qurbon bo‘lganlar soni 132 nafarni tashkil etmoqda.
O‘zbekistonda aholini koronavirusga qarshi emlash ishlari davom ettirilmoqda. Jami 12,4 million dozadan ziyod vaksinadan foydalanilgan. Shu kungacha 1,4 milliondan ziyod kishi kovidga qarshi to‘liq emlangan.