O‘zbekiston 3 pog‘onali pensiya tizimiga o‘tishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston ham jahon standartlariga asosan uch pog‘onali pensiyaga o‘tishni rejalashtirmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 19 avg – Sputnik. O‘zbekiston 3 pog‘onali pensiya tizimiga o‘tishni rejalashtirmoqda. Bu haqdaPensiya jamg‘armasi boshqarma boshlig‘i Farrux Pardayev AOKAdagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Pardayevning so‘zlariga ko‘ra, 2030-yilgacha jamg‘armaga pensiya tizimini isloh qilish konsepsiyani ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan. Bu konsepsiyada uch pog‘onali pensiya tizimi tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Sentabrdan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshirilmoqda
Qayd etilishicha, birinchi pog‘ona kafolatlangan pensiya, ya’ni talab qilingan stajga ega bo‘lganlarda davlat tomonidan kafolatlangan pensiya hisoblanadi. Ikkinchisi — sug‘urtalangan pensiya. Unda ish staji va ish haqiga mutanosib ravishda belgilanadi. Uchinchisi esa jamg‘arib boriladigan pensiya, ya’ni har kim o‘zining jamg‘arib borgan hissasiga qarab olinadi.
Pensiya jamg‘armasi boshqarma boshlig‘i uch pog‘onali pensiya tizimi jahon va MDH davlatlarida hayotga tatbiq etilganini ta’kidladi.