TOShKENT, 19 avg — Sputnik. "Kuzminki" metro bekati yaqinida ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan 46 nafar xorijlik Rossiyadan deportatsiya qilindi, deb xabar qildi Moskva politsiyasi matbuot xizmati boshlig‘i Vladimir Vasenin.
Yaqin kunlarda yana 41 nafar migrant Rossiyadan chiqarib yuboriladi.
Ichki ishlar vazirligi vakilining so‘zlariga ko‘ra, sud qarori bilan 87 kishi Rossiya Ichki ishlar vazirligi Moskvadagi Bosh boshqarmasi chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markaziga 90 sutka muddatga joylashtirildi.
Ularga nisbatan Rossiyaga kirishga ruxsat bermaslik va mamlakat hududida bo‘lish muddatini qisqartirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Sakkiz nafar migrantga nisbatan "bezorilik" moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Eslatib o‘tamiz, 13-iyul kuni “Kuzminki” metro stansiyasida Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan 200-400 nafar migrant ishtirokida ommaviy mushtlashuv yuz bergandi.