Kelgusida homilador ayollar va bolalar ham emlanishi mumkin

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra rejalashtirilgan xomiladorlik emlashga monelik qilmaydi.
Sputnik
TOShKENT, 19 avg – Sputnik. Kelgusida homilador ayollar va bolalar ham emlanishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston bosh virusologi Nurmat Otabekov Toshkent viloyatida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Otabekov tan olinmayotgan sertifikat, gibrid-vaksinatsiya va pandemiyadagi saylovlar haqida
Uning so‘zlariga ko‘ra emlanish tufayli homiladorlikni keyinga surish shart emas. Xomiladorlikni rejalashtirish yoki ma’lum bo‘lmagan homiladorlik emlanishga monelik qilmaydi.
Ammo jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tasdiqlangan xomiladorlikda emlanishni kechiktirib turgan ma’qulligini aytib o‘tmoqda. Kelajakda esa bunday toifadagi ayollar va bolalarni ham nazorat asosida emlanishi rejalashtirilmoqda.
Hozircha bu borada sinov-tadqiqotlar yakuniga yetgani yo‘q.