O‘zbekistonda siyosiy partiyalarga ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga ruxsat berildi

Saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazishda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etishga hamda uchrashuvlarga taklif etilayotgan fuqarolarning koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanganligiga e’tibor qaratish tavsiya etildi.
Sputnik
TOShKENT, 18 avg - Sputnik. Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida siyosiy partiyalarning saylovoldi jarayonlarda faol ishtirok etishlari uchun zarur shart-sharoit yaratish, ushbu muhim siyosiy jarayonda siyosiy partiyalarning qonun bilan kafolatlangan saylovoldi tadbirlarini amalga oshirishlarini ta’minlash bilan bog‘liq ayrim masalalar ko‘rib chiqildi.
Otabekov tan olinmayotgan sertifikat, gibrid-vaksinatsiya va pandemiyadagi saylovlar haqida
Xususan, Komissiyaning qarori bilan O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatuvchi siyosiy partiyalarning O‘zbekiston prezidenti saylovi kampaniyasini yuqori saviyada xalqaro standartlarga mos ravishda o‘tkazish maqsadida saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlarga va siyosiy partiyalarga saylovchilar bilan uchrashuvlar kabi ommaviy tadbirlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi.
Bunda siyosiy partiyalarga saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazishda ishtirokchilar o‘rtasida ijtimoiy masofani saqlash, tibbiy niqobda bo‘lish, antiseptik vositalardan foydalanishga rioya etish kabi sanitariya-gigiyena va karantin talablariga rioya etishga hamda uchrashuvlarga taklif etilayotgan fuqarolarning koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanganligiga e’tibor qaratish tavsiya etildi.