TOShKENT, 18 avg – Sputnik. Kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi joriy etiladi, bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" telegram kanalida xabar berildi.
Qonunchilikka muvofiq 2021-yil 1-sentabrdan:
- 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa hamda bola 2 yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi o‘rniga kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi (bolalar nafaqasi) joriy etiladi.
Bolalar nafaqasini tayinlashda:
- inobatga olinadigan bolalar yoshi 14 yoshdan 18 yoshgacha oshiriladi;
- to‘lov muddati 6 oydan 12 oygacha oshiriladi;
- uning miqdorini oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib belgilash tartibi qo‘llaniladi.
Bolalar nafaqasining har oylik miqdori:
* 250 000 so‘m – 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzandi uchun, 325 000 so‘m – yoshi 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzandi uchun;
* 150 000 so‘m – oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha;
* 100 000 so‘mdan – oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun.
Yakka-yolg‘iz bo‘lgan fuqarolarga, farzandi bo‘lmagan yoki barcha farzandlari 18 yoshdan katta bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlanadi.
Moddiy yordamning oylik miqdori – 380 000 so‘m etib belgilanadi.