Toliblar ommaviy afv e’lon qildi va afg‘onlarni ishga qaytishga chaqirdi

Toliblar hukumat amaldorlarini afv etdi, deb xabar bermoqda xorijiy OAVlar
Sputnik
TOShKENT, 17 avg - Sputnik. "Tolibon"* radikal harakati seshanba kuni ommaviy afv e’lon qildi va fuqarolarni ishga qaytishga chaqirdi, deb xabar bermoqda Frans Press agentligi. RIA Novosti xabari asosida.
"Ommaviy afv e’lon qilindi ... shu bois, siz to‘liq ishonch bilan kundalik hayotingizga qaytishingiz mumkin", - deya iqtibos keltiradi toliblar bayonotidan agentlik.
Toliblar Afg‘onistonni qanday boshqaradi - islomshunos fikri
Shu bilan birga, nashr ta’kidiga ko‘ra, gap hukumatdagi barcha amaldorlarga nisbatan afv haqida bormoqda.
Afg‘onistondagi vaziyat ayniqsa oxirgi haftalarda, toliblar yirik shaharlarga hujumga o‘tishi bilan yanada og‘irlashdi. Yakshanba kuni OAV va manbalar isonchilar chegaradagi barcha o‘tish joylarini nazorat qilayotgani haqida xabar tarqata boshladilar. O‘sha kuni jangarilar Qobulga kirib, prezident saroyini o‘z nazoratiga olganini aytishdi. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani "qirg‘inning oldini olish uchun" mamlakatni tark etganini aytdi. Dushanbaga o‘tar kechasi "Tolibon"* siyosiy ofisining rasmiy vakili Muhammad Naim Afg‘onistonda urush tugagani, davlatdagi boshqaruv shakli esa yaqin vaqtlarda aniq bo‘lishi haqida bayonot berdi.
* Rossiyada ta’qiqlangan terrorchi tashkilot.