TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Rossiyada taqiqlangan "Tolibon" radikal harakati jangarilari Afg‘onistonda ommaviy terror uyushtirmaydi. Bu haqda "Ridus" bilan suhbatda Butunjahon rus xalq sobori Inson huquqlarini himoya qilish markazi direktori, islomshunos Roman Silantyev fikr bildirdi, deya xabar beradi Sputnik Tojikiston.
Islomshunos so‘zlariga ko‘ra, jangarilar shafqatsiz choralardan voz kechadi, sababi, ular shundoq ham g‘olib sanalmoqda.
Shu bilan bir qatorda, radikallar Afg‘oniston bilan qo‘shni bo‘lgan davlatlarga hech qanday xavf tug‘dirmaydi, deydi mutaxassis.
"Toliblarning oxirgi 20-yilda aqli kirdi, meni nazdimda, ular ommaviy terrorga qo‘l urmaydi. Bu narsa ularga kerak emas - ulardan shusiz ham hamma qo‘rqadi", - deydi Silantyev.
Uning ta’kidlashicha, jangarilar aviatsiyasiz Tojikiston va O‘zbekiston chegaralarini shturm qila olmaydi. O‘z navbatida, Eron, Pokiston va Xitoy radikallarga faol qarshilik ko‘rsatadi.
Silantyevning fikricha, Markaziy Osiyoda yagona noziq bo‘g‘in bu Turkmaniston bo‘lib, ammo unga ham boshqa davlatlar yordam ko‘rsatadi.
Avvalroq, toliblar bir kun avval qo‘lga olgan Qobulda jamoat tartibini o‘rnatishga kirishgani ma’lum bo‘lgan edi. Harakat vakillari mahalliy aholi va xorijiy diplomatik vakolatxonalar xavfsizligini kafolatlagan, deb xabar qiladi Rossiya TIV.
O‘z navbatida, Afg‘onistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti qoshidagi doimiy vakili G‘ulom Isxakzayning aytishicha, jangarilar "Tolibon" muxoliflarini jazolash maqsadida Qobulda uyma-uy yurishni boshlashgan. Uning aytishicha, shaharliklar qattiq qo‘rquvda hayot kechirmoqda.
Isxakzay xalqaro hamjamiyatni "Afg‘onistondagi islom amirligini" tan olmaslikka chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, Daily Mail nashri radikallar 12 yashar qizaloqlarni qullikka olishni boshlagani va egallab olingan hududlarda o‘ta qat’iy islomiy tartiblarni o‘rnata boshlashgani haqida xabar bergan edi.