TOShKENT, 17 avg – Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston vakillari chegarani demarkatsiya qilishni yakunlashni muhokama qiladi. Ikki davlat ishchi guruhlarining uchrashuvi Dushanbeda 24-avgustdan 29-avgustgacha bo‘lib o‘tadi.
Tomonlar muzokaralar davomida demarkatsiya chizig‘ini o‘tkazish va chegara ustunlarini o‘rnatishni muhokama qiladi, deb yozadi Sputnik Tojikiston.
Hukumatlar Tashqi ishlar vazirligi, geodeziya, kartografiya va boshqa mutaxassislarga chegara oldididagi hudud ishlarini 2021-yil oxiriga qadar yakunlash vazifasini topshirgan.
Ma’lumot uchun, tojik-o‘zbek chegarasining uzunligi 1332 kilometrni tashkil qiladi.