Bugun Usmonxon Alimovning uylarida ta’ziya marosimi bo‘lib o‘tadi

Mashhur diniy ulamo, atoqli jamoat arbobi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Temirxon o‘g‘li Alimov shu yil 15-avgust kuni 71 yoshida vafot etdi.
Sputnik
TOShKENT, 17 avg - Sputnik. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy marhum Usmonxon Temirxon o‘g‘li Alimovning Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan xonadonlarida ta’ziya marosimi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlar idorasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Avval xabar berganimizdek xazratning janaza marosimi u kishi tavallud topgan Samarqandda bo‘lib o‘tgan edi.
Prezident muftiy Usmonxon Alimov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etib "Ulug‘ inson edilar. Hammamiz uchun katta yo‘qotish bo‘ldi… U kishini yaxshi nom bilan eslab ishlarini davom ettirib ruhlarini shod qilaylik",- deya hamdardlik izhor qilgan edi.
Mashhur diniy ulamo, atoqli jamoat arbobi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Temirxon o‘g‘li Alimov shu yil 15-avgust kuni 71 yoshida vafot etdi.
Usmonxon Alimov 2006-yili O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga saylangan edi. O‘tgan davr mobaynida u respublikada ijtimoiy-ma’naviy, diniy-ma’rifiy muhit barqarorligini ta’minlash, Islom dinining insonparvarlik mohiyatini asrash va keng targ‘ib etish, yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat va bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash, sohada malakali mutaxassislar tayyorlash ishiga beqiyos hissa qo‘shgani tilga olingan.