TOShKENT, 16 avg – Sputnik. “Tolibon”* harakati siyosiy ofisining rasmiy vakili Muhammad Naim Afg‘onistondagi urush yakunlanganini ma’lum qildi, mamlakatni boshqarish shakli tez orada aniq bo‘ladi.
“Mamlakatimizda 20-yil oldin boshlangan bu urushni tugatdik”, - dedi u “Al Jazeera” telekanali efirida.
Naim yana Afg‘oniston aholisi va xorijlik diplomatlarning xavfsizligiga kafolat bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, toliblar* barcha afg‘on arboblari bilan muloqotga tayyor va ularga zaruriy himoyani kafolat berishadi.
Avvalroq “Tolibon”* vakillari Afg‘oniston poytaxti Kobulni egallashgan edi. Mamlakat prezidenti Ashraf G‘ani iste’foga chiqib, mamlakatni tark etdi.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti