Rossiya toliblarning terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarilishi shartini aytdi

RF TIV Rossiya qachon "Tolibon"*ni terrorchi tashkilot ro‘yxatidan o‘chirishini aytdi
Sputnik
TOShKENT, 16 avg - Sputnik. BMT Xavfsizlik Kengashi Afg‘onistonda yangi hokimiyat o‘zini madaniyatli tutishiga ishonch hosil qilganidan keyingina toliblarni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarishi mumkin.
Bu haqda "Rossiya-24" telekanali efirida Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov ma’lum qildi.
Ashraf G‘ani qayerda?
Uning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro hamjamiyat jangarilar mamlakatni qanday boshqarayotganini kuzatib kelmoqda.
"Agar ular inson huquqlariga rioya qilishning asosiy, fundamental tamoyillarini buzmasa, unda bunday qarorni qabul qilish BMT Xavfsizlik Kengashining huquqidir", - dedi Kabulov.
Uning ta’kidlashicha, ushbu qaror Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlangan taqdirda, toliblarni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish jarayoni boshlab yuboriladi.
Shok va dahshat: dunyo Afg‘onistonda o‘z taqdirini ko‘rdi
"Tolibon"* BMT XK tomonidan terrorchilar ro‘yxatidan chiqarilgandan keyingina RF ham tashkilotni terrorchilar safidan chiqarishi mumkin, deb qo‘shimcha qilgan Kabulov.
Kuni kecha jangarilar Qobulga hujum qilib, prezident saroyini egallab olgan edi. Davlat rahbari Ashraf G‘ani iste’fo berdi va Afg‘onistonni tark etdi. OAV bergan xabarlarga ko‘ra, AIR sobiq prezidenti samolyoti Ummonga qarab yo‘l olgan.
Eslatib o‘tamiz, BMT Xavfsizlik kengashi va Rossiya Oliy sudi "Tolibon"ni 2003-yilda terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga qo‘shgan.
*RFda taqiqlangan terrorchi tashkilot.