TOShKENT, 15 avg — Sputnik. “Tolibon”* harakati chet el fuqarolari Afg‘oniston poytaxti Kobulni tark etishlari mumkin. Bu haqda Al-Arabiya harakat bayonotiga tayangan holda xabar qilmoqda, deya yozadi RIA Novosti.
Toliblar* mamlakatdan xorijliklarning chiqib ketishi uchun aeroport ishlashini ta’kidlashgan. Mamlakatda qolishga qaror qilgan chet elliklar harakat vakillari huzuridan ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo‘ladi.
Shuningdek, “Tolibon”* hukumat armiyasi harbiylari uylariga qaytishlari mumkinligini aytishgan.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti