Muftiy Usmonxon Alimovning dafn marosimi Samarqandda bo‘lib o‘tadi

Muftiyning janoza namozi 16-avgust kuni Samarqand viloyati Ishtixon tumani Orlot qishlog‘idagi masjidda o‘qiladi.
Sputnik
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovning janozasi Samarqandda o‘qiladi. Bu haqda mamlakat Musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Muftiy hazratlarining janoza namozi va ta’ziya marosimlari 16-avgust kuni Samarqand viloyati Ishtixon tumani Orlot qishlog‘i "Eshoni Temirxon To‘ra" (avvalgi "Orlot" masjidi) jome masjidida bo‘lib o‘tadi”, - deyilgan xabarda.
Muftiy Usmonxon Alimov vafot etdi
Xabarda janoza namozi vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot berilishi ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskvada davolanayotgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov 71 yoshida vafot etgani haqida xabar qilingan edi.