TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Markaziy saylov komissiyasi 5 ta siyosiy partiya vakillariga O‘zbekiston prezidenti saylovida ishtirok etish uchun guvohnoma topshirdi. Hujjatlar MSK matbuot markazida prezident saylovlariga bag‘ishlangan press-brifingda berildi.
Unda MSK raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev O‘zbekiston Ekologiya partiyasi, Xalq demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasiga O‘zbekiston prezidenti saylovida ishtirok etish uchun guvohnomalarni topshirdi.
Endi siyosiy partiyalar MSKga O‘zbekiston prezidentligiga nomzodni ro‘yxatga olishni iltimos qilib ariza bilan murojaat etishi mumkin.
Bu yilgi prezident saylovida Ekologik partiyasi tomonidan prezidentlik saylovlarida Narzullo Oblomurodov, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan Bahrom Abduhalimov, "Milliy tiklanish" partiyasidan Alisher Qodirov, Xalq demokratik partiyasidan Maqsuda Vorisova, O‘zLiDeP tomonidan mamlakatning amaldagi rahbari Shavkat Mirziyoyev nomzod sifatida ishtirok etishi kutilmoqda. Prezident saylovi 24-oktabr kunibo‘lib o‘tadi.