TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Andijon shahri markazida zamonaviy avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun “Alpomish merosi” kompaniyasi Xitoyning “Zhongtong Bus Holding” korxonasi bilan 70 dona avtobuslarni xarid qilish bo‘yicha 4,375 mln dollarlik shartnoma imzolagan.
Shartnomaga muvofiq, ushbu avtobuslardan 20 donasi Andijon viloyatiga olib kelindi. Avgust oyi oxiriga qadar yana 50 dona avtobusni olib kelish rejalashtirilgan.
Viloyat transport boshqarmasi shahar markazidagi 20 ta yo‘nalishda zamonaviy avtobuslar harakatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Buning natijasida shahar markazi to‘liq jamoat transporti qatnovi bilan qamrab olinadi. Yangi avtobuslar harakatining yo‘lga qo‘yilishi bilan 200 dan ortiq ishchi o‘rni yaratiladi.
Transport vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 17-18 iyun kunlari Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida viloyatida transport infratuzilmasini tubdan yangilash aholigi sifatli, arzon transport xizmati ko‘rsatishni tashkil etish yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriqlarni bergan edi.