TOShKENT, 13 avg —Sputnik. Rossiyaning Voronej shahrida avtobus portlashi oqibatida 18 kishi jarohatlandi, og‘ir jarohat olgan biri kishi shifoxonada vafot etdi, deb xabar qilmoqda Rossiya SSV.
“Jarohatlanganlar Voronej shifoxonalariga joylashtirilgan, ularning ahvoi turlicha: uch kishini shifokorlar og‘ir ahvolda deb baholamoqda, sakkiz kishi o‘rta og‘ir ahvolda. Yana 7 kishiga ambulator yordam ko‘rsatilmoqda”, - deyilgan xabarda.
Ma’lumot uchun, ichida 35 nafar yo‘lovchi bo‘lgan PAZ rusumli yo‘nalishli avtobus Voronejdagi "Galereya Chijova" nomli savdo markazi oldida 12-avgust kuni kechqurun portlab ketgan edi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobusda gaz balloni portlagan, lekin yo‘lovchi tashish kompaniyasi uning barcha avtobuslari dizel yonilg‘isidan foydalanishini ma’lum qilgan.
Ushbu munosabat bilan Tergov Qo‘mitasi jinoyat ishi qo‘zg‘atib, tekshiruvlar o‘tkazmoqda. Bir vaqtning o‘zida ushbu hodisa ehtimoliy terrorchilik akti bo‘lishi mumkinligi ham tekshirilmoqda.