Toliblar marshal Do‘stumning o‘g‘lini asir olgani haqida aytishmoqda

Afg‘onistondagi o‘zbek diasporasi yetakchisining o‘g‘li asir olingani haqidagi xabar rasman tasdiqlanmagan
Sputnik
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Afg‘onistonning buyuk harbiy qo‘mondoni marshal Do‘stumning o‘g‘li jangarilar tomonidan asir olingani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.
Sputnik Afg‘onistonning xabar berishicha, bu singari ma’lumotlarni toliblarga xayrixoh bo‘lgan akkauntlar tarqatmoqda.
AQShning Afg‘onistondan chiqishi va general Do‘stum qo‘zg‘oloni
Ta’kidlanishicha, Do‘stumning o‘g‘li boshqa askarlar bilan birga Juzjon provinsiyasi markazida Shibargan aeroportida asir olingan.
Rasmiy OAVlar esa ushbu ma’lumotni rasman tasdiqlamayapti. Ularning so‘zlariga ko‘ra, kichik-Do‘stum boshqa provinsiyalarda toliblarga qarshi kurashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, marshal Do‘stum shu kunlarda Turkiyadan qaytdi. O‘sha vaqtdan buyon toliblar uning uyiga o‘t qo‘yishga ulgurishdi.
Do‘stumning o‘zi o‘tgan chorshanbada toliblar mamlakatning shimoliy qismida tor-mol qilingani haqida ma’lum qilgan edi. Afg‘on harbiy qo‘mondoni shimol aholisi jangarilarga qarshi ison ko‘tarishiga ishora qilgan edi.