O‘zbekiston armiyasining qariyb 100 foizi koronavirusga qarshi emlandi

Sputnik
TOShKENT, 12 avg – Sputnik. Mudofaa vazirligi shaxsiy tarkibini koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash ishlari jadal olib borilmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Emlash ishlarini sifatli tashkil etish maqsadida Mudofaa vazirligi harbiy qism va muassasalar tibbiyot xodimlaridan 647 nafar vaksinatorlar tayyorlangan.
O‘zbekistonda majburiy emlash haqidagi qonun kuchga kirdi
Shuningdek, tibbiyot punktlarida 81 ta emlash punktlari, Markaziy harbiy klinik gospitali, Markaziy shifoxona va harbiy gospitallarda 8 ta emlash brigadasi tashkil etildi. Shtatida tibbiyot xizmati, tibbiyot xizmatining shifokor lavozimi bo‘lmagan harbiy qism va muasasalarning shaxsiy tarkibi harakatdagi emlash brigadalari tomonidan emlash ishlari olib borilishi yo‘lga qo‘yildi.
Emlashda asosan ZF-UZ-VAC-2001 xitoy-o‘zbek vaksinasidan, shuningdek “Sputnik V”, “Moderna” vaksinalaridan foydalanilmoqda.
“Bugungi kunga kelib Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarining 94,7 foizi — 1-bosqichda, 91,6 foizi — 2-bosqichda, 61,1 foizi esa 3-bosqichda emlandi”, - deyilgan xabarda.
Avgust oyidan boshlab Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilarini emlash yo‘lga qo‘yilgan.