Abdulaziz Kamilov koronavirusga qarshi to‘liq emlandi

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan vaksinalardan biri bilan to‘liq emlangan.
Sputnik
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov koronavirusga qarshi to‘liq emlangan. Bu haqda vazirlik rasmiy vakili Yusup Kabuljanov ma’lum qildi.
“So‘nggi vaqtda menga Vazir vaksina olganmi degan savol bilan ko‘p murojaatlar kelib tushmoqda. Shuni ma’lum qilamanki, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan vaksinalardan biri bilan to‘liq emlangan”, - deya yozdi u telegram kanalida.
Avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi to‘liq emlangani ma’lum bo‘lgan edi. Bosh vazir Abdulla Aripov ham birinchilardan bo‘lib emlangan.
O‘zbekistonda majburiy emlash haqidagi qonun kuchga kirdi
Shuningdek, bosh vazir o‘rinbosarlari Behzod Musayev va Sardor Umurzakov, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov, moliya vaziri Timur Ishmetov, Adliya vaziri Ruslan Davletov, qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov, xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Ramat Mamatov, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Sherzod Hidoyatov, innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, energetika vaziri Alisher Sultonov ham koronavirusga qarshi emlanishgan.