TOShKENT, 9 avg - Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi albatta uyushtiriladi, lekin aniq sanasi hozircha ma’lum emas, deb javob berdi prezident matbuot kotibi Sputnik muxbirining savoliga.
- Shavkat Mirzoyevning Rossiyaga tashrifi saylovgacha bo‘lib o‘tadimi, yoki pandemiya tufayli yanada kechroq muddatga ko‘chirilishi mumkinmi?
- O‘zbekiston prezidentirnin Rossiyaga tashrifi, so‘zsiz, kun tartibida turibdi. Faqat uning aniq sanasi epidemiologik vaziyatga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Lekin ushbu tashrifga tayyorgarlik to‘la-to‘kis olib borilmoqda. O‘zingiz guvoh bo‘lganingizdek, ikkala tomonning ham hukumat delegatsiyalari juda faol tashriflar amalga oshirishmoqda.
O‘zbekiston bosh vaziri ham qo‘shma komissiya ishida ishtirok etish uchun Rossiyada bo‘lgan edi. Undan tashqari biz bu yerda Tatariston prezidenti Rustam Minnixanovni hamda Rossiya sog‘liqni saqlash vazirini kutib oldik. Xullas, bo‘lajak tashrifning kun tartibini shakllantirish jarayoni ketmoqda, - dedi Sherzod Asadov.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi bor O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi bir necha bor ortga surilgan edi. So‘nggi bor iyun oyida bo‘lib o‘tilishi haqida xabar berilgan edi.