O‘zbekiston va Tojikiston Mehnat institutlari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov tojikistonlik hamkasbi Shirin Amonzoda bilan uchrashdi
Sputnik
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov Tojikiston Mehnat, migratsiya va aholi bandligi vaziri Shirin Amonzoda bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda mehnat va aholi bandligi sohasidagi 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan kelgusidagi rejalar haqida fikr almashildi.
Marosim so‘ngida Tojikiston va O‘zbekiston Mehnat institutlari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
O‘zbekiston va YeOII
YeOIIga a’zolik mehnat migrantlarining muammolarini hal etadimi?
Xabarda yozilishicha, qo‘shma tadbirlar rejasi imzolanishi mazkur Memorandumni amaliy ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi.
Qo‘shni davlat delegatsiyasi tashrifi Yashnobod tumanidagi "Ishga marhamat" monomarkazida davom etadi.