O‘zbekistonliklar dunyoning istalgan nuqtasidan ovoz berishlari mumkin - MSK

Chet eldagi O‘zbekiston fuqarolarining aksariyat qismi Rossiya Federatsiyasida bo‘lganligi tufayli, RFda ovoz berish uchun ko‘chma qutilar tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda
Sputnik
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. O‘zbekistondagi prezident saylovlarida chet el davlatlarida ovoz berish jarayoni qanday o‘tishi haqida Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Sherzodxon Qudratxo‘jayev ma’lumot berdi.
O‘zbekistonni yangi prezidenti nimaga tayyor: partiyalar yetakchilari saylovoldi rejalari haqida
MSK vakilining ta’kidiga ko‘ra, bugungi kunda millionlab insonlar respublika tashqarisida, shu bois, Markaziy saylov komissiyasi har bir saylovchigacha yetib borish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Chet elda bo‘lib turgan fuqarolarimiz - bu alohida masala. Bundaylar soni bugun millionlarda o‘lchanadi. Va biz chet eldagi odamlarimiz o‘zlarini O‘zbekiston fuqarosi sifatida his etishlari va o‘z xohish-istaklarini ko‘rsatishlari uchun barcha choralarni ko‘ramiz

O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Sherzodxon Qudratxo‘jayev

Shu vaqtga qadar chet elda faqatgina konsullik ro‘yxatida turgan fuqarolargina ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan bo‘lsalar, endilikda tegishli qonunchilik hujjatiga o‘zgartirishlar kiritilgan.
Unga muvofiq, O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatda bo‘lib turganliklaridan qat’i nazar, u yoki bu davlatda tashkil etiladigan ovoz berish uchastkalarida ovoz berish huquqiga ega. Ular o‘zlari bilan faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjat - pasportni olishsa yetarli.
Mashhur "galochka" va bayroq ranglari: MSK prezident saylovlari logotipini taqdim etdi
Shuningdek, u yoki bu sababga ko‘ra, saylov kuni O‘zbekistonda bo‘lmaydigan fuqarolar ham muddatdan oldin ovoz berish huquqiga ega bo‘ladi. Buning uchun ular Tashqi ishlar vazirligi saytida saylovga 15 kun qolgan muddatda ariza qoldirishlari kerak bo‘ladi.
Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolarining aksariyat qismi Rossiya Federatsiyasida ekanligini inobatga olib, MSK bu davlatda ovoz berish uchun ko‘chma qutilarni tashkil etishni rejalashtirgan.
O‘zbekistonda prezident saylovlari joriy yilning 24-oktabr sanasiga belgilangan. Saylov kampaniyasiga 23-iyul kuni start berilgan edi. Ro‘yxatdan o‘tgan barcha partiyalar davlat rahbari lavozimiga o‘z nomzodlarini ilgari surishdi.