Bahodir Jalolov O‘zbekistonga yana bir oltin medalni olib berdi

Surxondaryolik bokschi 8-avgust kuni finalda amerikalik Richard Torresga qarshi jangda ustun keldi
Sputnik
TOShKENT, 8 avg - Sputnik. Bokschi Bahodir Jalolov - Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari chempioniga aylandi.
Bokschi Bahodir Jalolov Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining final bahsida aqshlik raqibi Richard Torres ustidan g‘alaba qozonib, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga yana bir oltin medalni taqdim etdi.
Prezident Olimpiada oltin medali bilan barchani qutlash uchun majlisni to‘xtatdi
Boks bo‘yicha o‘ta og‘ir vaznda ishtirok etgan Bahodir Jalolov amerikalik raqibini 5:0 hisobida yengib oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Bu O‘zbekiston delegatsiyasining olimpiadadagi uchinchi oltin medaliga aylandi.
Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov 1994-yilning 8-iyulida Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida tug‘ilgan. Bahodir uch karra Osiyo va bir karra Jahon chempionidir. U 2016-yilda Rioda bo‘lib o‘tgan Olimpiadada chorak finalga qadar yetib borgandi.