Anna Cherkasova
COVID-19 pandemiyasi butun dunyoda avj olmoqda, virusning yangi mutatsiyalari paydo bo‘lmoqda, lekin insoniyat unga qarshi samarali dori hozircha ishlab chiqqani yo‘q. Shunday ekan, hozircha virusga qarshi kurashishning yagona samarali uslubi – vaksina olish bo‘lib qolmoqda.
Ushbu munosabat bilan Sputnik infeksionist-shifokor, pediatr va tibbiyot fanlari nomzodi Yevgeniy Timakovga savollar bilan murojaat qildi.
Shifokor so‘zlariga ko‘ra, vaksina olishdan oldin o‘ziing mutlaq sog‘ligiga shubha qilgan kishilar shifokor ko‘rigidan o‘tishi, umumiy qon analizlari topshirishi maqsadga muvofiq bo‘lardi. Ayniqsa surunkali kasali, organizmida yashirin jarayonlar kechishi mumkin bo‘lgan yoki qon trombozi sodir bo‘lish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar bunga qat’iy amal qilishlari kerak.
Surunkali kasali borlar o‘zlarining kasalliklari bo‘yicha mutaxassis shifokor ko‘rigidan o‘tib uning maslahatini olishlari kerak. Bundan tashqari qon biokimyo analizi topshirish, qondagi trombotsitlar miqdorini tekshirish, ayrim vaksinalarni olishda tromb hosil bo‘lishning oldini oladi.
Shuningdek, PZR taxlili topshirish va antitanachalar darajasini aniqlash ham ortiqcha bo‘lmaydi. Agar bemor kasallikning yengil shaklini boshida kechirgan bo‘lsa va unda ayni damda antitanachalar miqdori yuqori bo‘lsa – tezkor vaksinatsiya qilishga hojat bo‘lmaydi.
Shu bilan birga, tashhis topshirish va shifokorlar oldiga tashrif buyurganda juda ehtiyotkor bo‘lish kerak. Chunki aynan tibbiy muassasalarda kasallik yuqqan bemorlarga duch kelish va virus yuqtirish xavfi yuqori bo‘ladi.
“Vaksina olish arafasida o‘z sog‘lig‘ingizga jiddiy e’tibor bering. Agar oz bo‘lsada o‘zingizni yomon his qilayotgan bo‘lsangiz, yo‘tal, burun bitishi, bosim oshishi kabi holatlar kuzatilayotgan bo‘lsa – yaxshisi emlashni 1-2 kun kechiktirgan ma’qul.
Ikkinchidan, vaksina olgandan so‘ng tibbiy muassasani darhol tark etmang. Hech bo‘lmasa 30 minut kutib turing, o‘zingizni qanday his qilayotganingizga baho bering. Yaxshisi emlashga biror yaqin kishingiz bilan keling”, - deydi shifokor.
Vaksina birinchi daqiqalarda qon tomirlariga ta’sir ko‘rsatadi. Shu sabali vaksina olgandan so‘ng darhol ishga kirishmaslik, og‘ir ishlarni bajarmaslik kerak.
Vaksina olgandan so‘ng kasal bo‘lib qolganlarning asosiy xatosi – ehtiyot choralariga rioya qilish, masofa saqlash, niqob taqish va qo‘lqop kiyishni bas qilishadi. Vaholanki bu mutlaq noto‘g‘ri, chunki koronavirusga qarshi immunitet vaksinaning 2 yoki 3 komponenti olinganidan so‘ng 3-4 haftadan keyin hosil bo‘ladi.
Xulosa shuki, hech qanday vaksina yoki dori 100% kafolat bermaydi, lekin kasallikning og‘ir shaklidan 100% himoya qiladi. Pandemiyadan qutilishning yagona uslubi – kollektiv immunitet shakllanishi.
Yevgeniy Timakov bilan to‘liq intervyuni quyida tomosha qilish mumkin.