Marshal Do‘stum Afg‘onistonga qaytdi

Afg‘onistondagi o‘zbek diasporasi yetakchisi, SSSRda harbiy ta’lim olgan, malakali qo‘mondon marshal Do‘stum uch haftalik tanaffusdan so‘ng vatanga qaytdi
Sputnik
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Taniqli qo‘mondon marshal Do‘stum Afg‘onistonga qaytdi. Bu haqda Khat-e Nakhost nashri xabar bermoqda.
Ilgariroq, iyun oyining 20-sanalarida harbiy qo‘mondon Afg‘onistonni armiya vertolotida tark etgani haqida ma’lum bo‘lgan edi.
Afg‘onistonning bardoshli generali – Abdul-Rashid Do‘stumning tarjimai holi
OAV va jamoatchilik orasida marshal Do‘stumning Afg‘onistonni tark etishi sabablarining ikki versiyasi tarqalgan edi.
Versiyalardan biriga ko‘ra, marshal koronavirusning og‘ir formasiga chalingan va uning professional tibbiy xizmatga ehtiyoji bo‘lgan. Boshqa versiyaga ko‘ra, u toliblar bilan jangda jarohatlangan.
Rasmiy manbalar tomonidan harbiy qo‘mondon Antaliyada bo‘lib o‘tadigan Diplomatik forumda ishtirok etish hamda boshqa siyosiy muzokaralarda qatnashish uchun Turkiyaga jo‘nab ketgani haqida bayonot berildi.