Bahrom Abduhalimov - "Adolat" partiyasidan prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatiladi

Bu haqda bugun o‘tkazilayotgan partiya markaziy kengashining navbatdan tashqari plenumida e’lon qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 5 avg - Sputnik. O‘zbekistonda ikkinchi partiya prezidentlikka nomzodini e’lon qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
O‘zbekistonni yangi prezidenti nimaga tayyor: partiyalar yetakchilari saylovoldi rejalari haqida
"Adolat" sotsial demokratik partiyasi 2021-yilgi prezidentlik saylovlariga partiya rahbari Bahrom Abduhalimovni nomzod sifatida ko‘rsatmoqchi ekanligini e’lon qildi.
Bu haqda bugun o‘tkazilayotgan partiya markaziy kengashining navbatdan tashqari plenumida ma’lum qilindi.