YuNESKO qo‘mitasi O‘zbekistonga Shahrisabzni tiklashga yana bir yil berdi

Pandemiyasi sharoitida “Shahrisabz tarixiy markazi” obyektini tiklash bo‘yicha vazifalar ijrosi muddati yana bir yilga uzaytirildi.
Sputnik
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. YuNESKO Jahon merosi qo‘mitasi koronavirus pandemiyasi sharoitida “Shahrisabz tarixiy markazi” obyektini tiklash bo‘yicha vazifalar ijrosi muddatini yana bir yilga uzaytirdi, deb xabar bermoqda Turizm va sport vazirligi.
Tegishli qaror qo‘mitaning Xitoyning Fuchjou shahrida bo‘lib o‘tgankengaytirilgan 44-sessiyasida qabul qilindi.
Madaniy meros agentligi tashkil etildi
Shuningdek, sessiyada butunjahon madaniy merosi obyektlari hisoblangan “Shahrisabzning tarixiy markazi”, “Samarqand – madaniyatlar chorrahasi”, “Buxoroning tarixiy markazi” va Xivadagi “Ichan-qal’a” hamda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston ishtirokidagi ko‘pmillatli tabiiy meros obyekti bo‘lmish “G‘arbiy Tan-Shan” bo‘yicha O‘zbekiston uchun ijobiy qarorlar qabul qilinishi ta’minlandi.
Eslatib o‘tamiz, Shahrisabz YuNESKO tomonidan Umumjahon merosining xavf ostidagi obyektlar ro‘yxatida qoldirilgan.