TOShKENT, 3 avg – Sputnik. Fransiya kompaniyasi Toshkentda issiqlik ta’minoti tizimini boshqarishi mumkin. Bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan taqdimot marosimida xabar qilindi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, bugungi kunda Toshkent shahrida ishlayotgan issiqlik ta’minoti tizimida muammolar bir talay. Qozonxona uskunalarining eskirishi 90%gacha, issiqlik energiyasi yo‘qotilishi 44 %ni tashqil qilmoqda. Xizmat sifati pastligi aholining noroziligiga hamda qarzlar miqdori oshishiga sabab bo‘lmoqda.
Ushbu munosabat bilan, 2019-yilda prezidentning maxsus qarori qabul qilingan va unga muvofiq loyha konsepsiyasi tayyorlangan edi. O‘tkazilgan tender natijasida Fransiya kompaniyasi g‘olib deb topildi.
Osiyo taraqqiyot bankining xulosasiga ko‘ra, Fransiyaning “Veolia” kompaniyasining loyihasi eng samarador deb topildi. Bu kompaniya Polsha, Chexiya, Ruminiya, Litva, Germaniyadagi shaharlarda issiqlik tizimini boshqarish tajribasiga ega. Shu kunlarda Toshkent shahar hokimligi bilan kompaniya o‘rtasida xususiy sheriklik shartnomasi imzolanishi kutilmoqda.
Loyihaga ko‘ra, “Veolia” kompaniyasi tomonidan 315 million yevro, loyiha davrida olinadigan daromad hisobidan 1 milliard 80 million yevro yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s proyektom teplosnabjeniya Tashkenta
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Ushbu mablag‘lar evaziga 181 ta qozonxona modernizatsiya, 841 kilometr tarmoq rekonstruksiya qilinib, 576 kilometr tarmoq yangidan qurilishi rejalashtirilgan.
Shavkat Mirziyoyev taklif etilayotgan loyihani Toshkent shahridagi mavzelardan birida namuna sifatida joriy etib, samaradorligini tajribadan o‘tkazish, har tomonlama chuqur o‘ylab, qaror qabul qilish zarurligini ta’kidladi.