Afg‘oniston chegaralarida uchoqlama manyovrlar: ular qanday maqsadda o‘tkazilmoqda

Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya Afg‘oniston bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini rivojlantirish niyatida, lekin afg‘on zaminida mavjud bo‘lgan o‘nlab terrorchi guruhlar haqida ham unutgan emas.
Sputnik
Rossiya va O‘zbekiston qo‘shinlarining mushtarak mashg‘ulotlari 2-avgust kuni Afg‘oniston bilan chegarada, O‘zbekistonning Termizdagi tog‘li poligonda boshlandi. Harbiy guruh quruqlikdagi kuchlar, zarba aviatsiyasi, zamonaviy razvedka va nishonlarni ko‘rsatish tizimlari yordamida O‘zbekiston mudofaa va hududiy yaxlitligini ta’minlash bo‘yicha vazifalarni mashq qilmoqda.
Manyovrlarga 1500 nafarga yaqin askarlar va ofitserlar, 200 dona jangovar texnika, shuningdek, Rossiya Kant aviabazasining Su-25SM shturmchi samolyotlari jalb qilingan. Uchuvchilar havodan zarbalar orqali mushtarak qo‘shinlar guruhlari harakatlarini qo‘llab-quvvatlashadi.
Afg‘oniston prezidenti vaziyat yomonlashishini AQSh qo‘shinlari olib chiqib ketilishi bilan bog‘ladi
KXShT kuchlari - harakatda. Rossiyaning Kant birlashgan harbiy aviabazasi - Kollektiv tezkor joylashtirish kuchlarining aviatsiya komponenti bo‘lib, bo‘linma sifatida HHK 14 armiyasi va Havo hujumidan mudofaa tarkibiga kiradi. Kant aviabazasi KXShTga a’zo davlatlar, jumladan do‘stona O‘zbekistonning ham hudud va havo maydonlarini - aslini olganda esa, umumiy xavfsizlik makonining xavfsizligini ta’minlaydi.
Birinchi avgust kuni O‘zbekistonning 200 ga yaqin harbiy xizmatchilari Afg‘oniston bilan chegaradosh bo‘lgan Tojikiston Harb-Maydon poligoniga yetib kelishdi. Bu yerda 5-10 avgust kunlari Rossiya, O‘zbekiston va Tojikiston qo‘shinlarining ikkinchi qo‘shma mashg‘uloti bo‘lib o‘tadi. Qismlar o‘z texnikalarida Termiz poligonidan 200 kilometrga yaqin marshni amalga oshirib, 200 kilometrga yaqin masofani yengib o‘tdilar. Manyovrlar hududida qo‘mondonlik punktlari joylashtirilgan va o‘t ochish pozitsiyalari jihozlantirilgan.
Tojikistondagi Harb-Maydon chegara poligonidagi mashg‘ulotlar Rossiya, O‘zbekiston va Tojikiston birlashgan harbiy guruhining jangovar hamjihatligidan boshlanadi. Asosiy bosqichda uch davlat harbiy xizmatchilari davlat chegarasini buzgan noqonuniy qurolli tuzilmani yo‘q qilish taktikasini mashq qiladi. Manevrlarning barcha bosqichlarida razvedka-o‘t ochish va razvedka-zarba komplekslarini qo‘llash orqali taktik harakatlar ko‘zda tutilgan.
Rossiya, O‘zbekiston va Tojikiston afg‘on chegarasi yaqinida harbiy mashq o‘tkazadi
Biz Termiz va Harb-Maydon poligonlarida o‘tkaziladigan chegara mashg‘ulotlari asta-sekinlik bilan ikki respublika hududida potensial dushmanni mag‘lub etish uchun qay tarzda Rossiya, O‘zbekiston va Tojikistonning yagona qo‘shma operatsiyasiga integrallashayotganini kuzatmoqdamiz. Jami bo‘lib 2500 dan ortiq harbiy xizmatchilar va 500 ga yaqin qurol va harbiy texnika jalb qilinadi.
Bu yerda o‘ta nozik siyosiy holatni inobatga olish lozim – O‘zbekiston KXShTga a’zo emas, ammo qo‘shma manyovrlarda mamlakat ishtiroki, rasmiy Toshkent yagona mintaqaviy xavfsizlik tizimini shakllantirishda umumiy xavotir va xarajatlarni bo‘lishishini tasdiqlaydi.

Rossiya pozitsiyasi

Afg‘oniston bilan chegaradagi Rossiya harbiy kontingentining asosiy qismini 201-harbiy baza (Tojikiston) bo‘linmalari va maxsus kuchlar bo‘linmalari tashkil etadi. Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni general-polkovnik Aleksandr Lapin belgilangan vazifalarga kafolatlangan yechimlarni topish uchun Rossiya qo‘shinlari kontingentini 1800 kishiga va 420 dona harbiy texnikaga oshirishga qaror qildi. Ya’ni, Tojikiston Respublikasi hududida o‘tkazilayotgan qo‘shma mashg‘ulotlarda Rossiya texnikasi soni ikki baravarga oshdi.
Rossiya harbiylari afg‘on-tojik chegarasiga yetib kelishdi - video
Fuqarolar urushi bilan band bo‘lgan toliblar Markaziy Osiyo mamlakatlariga bostirib kirishni rejalashtirmayotgandek go‘yoki, shunga qaramay, KXShT chegaralari yaqinidagi vaziyat murakkab. Iyul oyi boshida "Tolibon"* Afg‘onistonning beshta davlat - Eron, Turkmaniston, Tojikiston, Xitoy, Pokiston va Kashmir (Hindiston, Xitoy va Pokiston bahsli) bilan chegaralarini nazoratga oldi. Moskva Afg‘oniston hokimiyati toliblar tomonidan to‘liq egallab olinishiga tayyor va garchi voqealarning bunday rivojlanishini aniq ro‘y beradi, deb hisoblamasa ham, RF turli ssenariylarga tayyor, - dedi RF Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakil Zamir Kabulov.
Afg‘oniston bilan 1344 kilometrlik chegaraga ega bo‘lgan Tojikiston Respublikasining xavfsizligi juda katta tashvish tug‘dirmoqda. Rossiya "Tolibon"* yuzida barcha terrorchi uyushmalarni "jihod" Afg‘oniston chegarasidan chiqadigan taqdirda, o‘z ittifoqchilarini himoya qilishga tayyor ekanligi haqida rasman ogohlantirdi. Zarurat tug‘ilganida, Rossiyaning 201 -harbiy bazasi zudlik bilan Tojikistonga yordam beradi va bu yerda butun Markaziy harbiy okrugning jangovar salohiyatini mustahkamlash imkoniyatlarini hisobga olish kerak.
Qo‘lni kesish, qamchi bilan savalash – oddiy afg‘onlar Tolibon* davrini qanday eslaydi
Afg‘onistondagi vaziyat murakkablashgandan so‘ng, 201-baza sezilarli darajada mustahkamlandi, brigadadan diviziya shtatiga o‘tkazildi va yangi jangovar texnika bilan qayta jihozlandi. Misol uchun, 2018-yildan boshlab motoo‘qchilar eng yangi "Berejok" jangovar moduliga ega modernizatsiya qilingan BMP-2M piyodalar jangovar mashinalarini olishmoqda (bu ularga kechasi va kunduzi samarali jang qilish imkonini beradi). Bundan tashqari, Hisor aerodromida 201-baza avia-guruhi Mi-24 zarba vertolotlari va Mi-8MTV5-1 ko‘pnishonli vertolotlari qayta tashkil etilgan. Vintqanotli mashinalar Afg‘oniston bilan chegaradosh tog‘li hududlarini patrul qilishda ishtirok etmoqda.
Rossiya chegarachilari tojik-afg‘on chegarasini qo‘riqlashga jalb qilinmaydi, biroq Tojikistonga Rossiya FSB chegarachilari maslahatchilari yordam bermoqda. Davlat chegaralari mustahkamligida jangovar aviatsiya katta ahamiyatga ega. Shuning uchun, Panj darosiga yaqin joyga, Hisor aerodromiga Rossiyaning Su-25 hujum samolyotlari joylashtirildi, bu shturmoviklar ketida HHK Havo hujumidan mudofaa 14-armiyasi qudrati "ko‘z-ko‘z" bo‘lmoqda.
Military Watch jurnali ((https://militarywatchmagazine.com/article/russian-su25-show-force-afghan-border) Rossiya Markaziy Osiyoda muhim harbiy ishtirokini saqlab qolayotganini va Su-25 samolyotlarining joylashuvi RF qo‘shnilariga tahdid soluvchi har qanday kuchlar uchun signal sifatida xizmat qilishini qayd etadi. Shturm samolyotlari dunyodagi eng kuchli qisqa masofali havo ko‘magi platformasi hisoblanadi. Bu samolyot Afg‘oniston, Suriya va hozirgi zamonning boshqa qaynoq nuqtalarida harbiy harakatlarda faol qatnashgan.
Rossiyaning Su-25 hujum samolyotlari Tojikistonga yetib keldi
O‘zbekiston va Tojikiston hududida o‘tkazilgan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar, tabiiyki, shimolda "ruslarning katta kuchlari bor", deb hisoblaydigan toliblarni anchayin havotirga soldi, shuning uchun aksariyat "birodarlar" Afg‘oniston janubiga yo‘l olishdi. Shunday qilib, Rossiya va uning ittifoqchilari Markaziy Osiyo mamlakatlariga harbiy tahdidlar potensialini qo‘shni davlatning ichki ishlariga bevosita aralashmagan holda kamaytirmoqda.

Ortib borayotgan ziddiyatlar

Afg‘onistonning turli provinsiyalarida jangovar harakatlar davom etmoqda, eng shiddatli janglar Nangarhar, Paktiya, Paktika, Logar, Qandahor, Hirot, Farob, Jauzjan, Balx, Samangan, Helmand, Toxar, Qunduz, Baglan va Kapisa provinsiyalarida kechmoqda.
1 avgustga o‘tar kechasi toliblar Qandahor aeroportiga raketalar yordamida o‘qqa tutdi (aytishlaricha, go‘yoki o‘sha tomondan bombardimon qilingan), shundan so‘ng barcha avia-reyslar bekor qilindi. Hirotda jangarilar BMT ofisiga hujum qilishdi - majmuaning kirish qismlari granatomotlar va pulemetlardan o‘qqa tutildi, qurbonlar bor.
Toliblar chegarada: ShHT mudofaa vazirlari Dushanbeda qanday dori yozib beradi?
Mamlakatni tark etgan Qo‘shma Shtatlar 2-avgust kuni janubdagi Helmand provinsiyasidan toliblar bo‘ylab aviazarbalarni amalga oshirdilar, bu afg‘onlararo tinchlik muzokaralarining halokatli holatini tasdiqlaydi.
Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani kecha parlamentning favqulodda yig‘ilishini chaqirdi va unda hukumat milliy xavfsizlikni mustahkamlash uchun yangi olti oylik rejani boshlaganini e’lon qildi: armiya strategik obyektlarni himoya qiladi, politsiya shaharlar xavfsizligini ta’minlash bilan shug‘ullanadi. Shubhasiz-ki, kuch tuzilmalari bilan qamrab olmagan maydon tolibon qo‘lida qoladi, bunday istiqbol esa yangi janglar va qurbonlarni va’da qilmoqda.
Avvalroq "Tolibon"* matbuot-kotibining Twitter-akkauntida (Donald Trampdan farqli o‘laroq, uni bloklashmaydi) jangovar-diniy harakat jangarilarining suratlari chop etilgan edi. Ularning qurollanganligi Amerika maxsus kuchlaridan qolishmaydi.
Bu orada, AQSh mamlakatni tark etganidan so‘ng, afg‘on qurolli kuchlarining kelajagi katta savol ostida qolmoqda, bu eng avvalo, ishonchli yonilg‘i yetkazib beruvchilar yo‘qligi bilan bog‘liq. Afg‘onistonni qayta qurish bo‘yicha maxsus inspektorining so‘nggi hisobotiga ko‘ra, Pentagon oxirgi 10-yil ichida Afg‘oniston kuch tuzilmalari uchun 3,74 mlrd dollarlik yoqilg‘i sarflagan, 2025-yilgacha esa yana 1,45 milliard dollar sarflanishi ko‘zda tutilgan.
Erdog‘an Turkiya Qobul aeroportini boshqarishga tayyorligini e’lon qildi
Bu yerda muhim muammo – logistikadir. Afg‘oniston va Turkiya harbiy idoralarining rahbarlari Bismilla Xon Muhammadi va Xulusi Akar 31-iyul kuni telefon orqali Qobul aeroporti xavfsizligini ta’minlash masalasini muhokama qilishdi, ya’ni Qobuldagi turk harbiy ishtiroki loyihasi o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
Balki benzin va dizel yoqilg‘isini aviatankerlar yordamida yetkazib berish rejalari bordir (aksariyat provinsiyalarda yer usti transport kommunikatsiyalari toliblar tomonidan bloklangan).
NATO harbiy instruktorlari Turkiyada Afg‘oniston spesnazlarini o‘qitishni boshlashdi. Bunga parallel ravishda, 200 nafar afg‘on tarjimon-kollaboratsionistlarining birinchi guruhi AQShga, Virjiniya shtatidagi Fort Li bazasiga evakuatsiya qilindi. Eslatib o‘taman, 20 mingga yaqin afg‘on tarjimonlari immigratsiya vizasini olish uchun ariza topshirganlar. Toliblarning "islomiy amirligi"dagi o‘rta asr jaholatida yashashga rozi bo‘lmagan Afg‘onistonning qolgan fuqarolari-chi, ular nima qilishi kerak?
* – RFda ta’qiqlangan terroristik uyushma.