Surxondaryoda bir guruh shaxslar voyaga yetmagan bola va ikki IIV xodimini do‘pposladi

Keyin ularni tinchlantirmoqchi bo‘lgan ikki IIB xodimlariga jarohat yetkazishgan.
Sputnik
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Surxondaryo viloyati Uzun tumanida voyaga yetmagan bola va IIV xodimlarini do‘pposlangan besh nafar fuqaroga qarshi jinoiy ish ochildi.
Viloyat IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, sariosiyolik A.O., Sh. D., B. Sh., N. A. va R. Sh.lar tumandagi O‘zbekiston mahallasida joylashgan chorraha yonida voyaga yetmagan R.S.ni hech bir sababsiz do‘pposlashgan.
Toshkentda qabulga kelgan mast bemor shifokor ayolni do‘pposladi
Shu vaqtda yaqin o‘rtada xizmat vazifasini o‘tayotgan Uzun tumani IIB xodimlari janjalni bartaraf etishga urinishgan. Biroq bezorilar IIBning 2 nafar xodimi S.M. hamda S.Q.larga faol qarshilik ko‘rsatib, ularga qasddan tan jarohati yetkazishgan.
Mazkur holat yuzasidan ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi "g" bandi (bezorilik jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatib sodir etilgan bo‘lsa) bilan ish qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.