Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Asqar Akayev Bishkekka so‘roq qilish uchun olib kelindi

Qayd etilishicha, Akayev hozir MXDQ binosida va u yerda uning ishtirokida “Qumtor” oltin koniga oid jinoyat ishi doirasida zaruriy tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Asqar Akayev Bishkekka olib kelindi, u bilan tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston nashri xabar qilmoqda.
"Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida 2021-yil 2-avgust kuni sobiq prezident Asqar Akayev Bishkek shahriga olib kelindi, shundan so‘ng zudlik bilan Idoralararo tergov guruhiga topshirildi”, -deyilgan xabarda.
Qayd etilishicha, Akayev hozir MXDQ binosida va u yerda uning ishtirokida “Qumtor” oltin koniga oid jinoyat ishi doirasida zaruriy tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Jeenbekov ustidan berilgan arizani Qirg‘iziston MXDQ va IIV ko‘rib chiqadi
Avvalroq Qirg‘izistonning birinchi va ikkinchi prezidentlari Asqar Akayev va Qurmanbek Bakiyevlar mamlakatdagi eng yirik oltin koni bo‘lgan “Qumtor” ishi bo‘yicha xalqaro qidiruvga berilgan edi.
Akayev 1990-2005 yillarda Qirg‘iziston prezidenti bo‘lgan. 2005-yilda "Lolalar inqilobi"dan so‘ng iste’foga chiqqan edi. O‘shandan buyon Moskvada yashab ishlab kelayotgan edi.