Zomindagi o‘rmon yong‘ini o‘chirildi: bu uchun 8 soat sarflandi

FVV o‘z vaqtida ko‘rilgan harakatlar natijasida yong‘in yaqin atrofdagi aholi punktlariga o‘tmaganini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Jizzax viloyati Zomin tumanidagi o‘rmon yong‘ini o‘chirildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘riklisoy qishlog‘iga hududiga yaqin joyda taxminan 80 ga. maydonda quruq o‘t va daraxtlar yongan.
Pojar v lesnix ugodyax Zaaminskogo rayona likvidirovan
Yong‘inni o‘chirish uchun FVV, IIV, Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, Chegara qo‘shinlari, Davlat o‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi, 14 ta yong‘in o‘chirish ekipaji va 1 ta yong‘in qutqaruv otradi, 4 ta vertolot jalb etilgan. Ertalab soat 10:40 larda boshlangan yong‘in soat 18:20 batamom o‘chirilgan.
Pojar v lesnix ugodyax Zaaminskogo rayona likvidirovan
Tegishli idoralarning kuch vositalarining o‘z vaqtidagi harakatlari natijasida yong‘in yaqin atrofdagi aholi punktlariga o‘tmadi, deb qo‘shimcha qilingan xabarda.
Zomindagi yong‘inni o‘chirishga vertolot va qo‘shimcha kuchlar jalb qilinmoqda