Yangi Airbus vertolotlaridan turistik infratuzilmani rivojlantirish maqsadida foydalaniladi

“Uzbekistan Helicopters” tijoriy maqsadlarda foydalanishga mo‘ljallangan ikkita Airbus H125 vertoloti taqdimotini o‘tkazdi.
Sputnik
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. 31 iyul kuni “Uzbekistan Helicopters” MChJ yangi sotib olingan ikkita Airbus H125 va Mi-8MTV vertolotlari taqdimotini o‘tkazdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Taqdimotda bosh vazir o‘rinbosari – turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov va transport vaziri Ilhom Mahkamov hamda xorijiy turistik kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.
“Yangi olib kelingan vertolotlar turistik infratuzilmani rivojlantirish maqsadida ekspluatatsiya qilinadi. Demak, biz barcha turistik kompaniyalarni hamkorlikka chaqiramiz. Raqobat muhitida shakllanayotgan ushbu turistik xizmat turini amalga oshirish uchun Turizm va sport vazirligi tadbirkorlarga hamma sharoitlarni yaratishga, xususan, litsenziyalar taqdim etishga tayyor. Shu munosabat bilan sotib olingan vertolotlar prezident tomonidan ham tashqi, ham ichki turizmni rivojlantirish borasida qo‘yilgan vazifalarga samarali yechim topish imkoniyatini beradi”, - dedi Aziz Abduhakimov o‘z nutqida.
Uzbekistan Helicopters provel prezentatsiyu vertoletov Airbus H125 i Mi-8MTV
Tadbir doirasida OAV vakillari va blogerlar vertolotlarda Toshkent-Bildirsoy-Amirsoy-Chimgan-Toshkent yo‘nalishida tanishuv parvozini amalga oshirdi.
Airbus Helicopters H125 yengil dvigatelli vertolot FADEC raqamli boshqaruv tizimiga ega kuchli dvigatel bilan jihozlangan. U jami 6 kishiga (2 nafar uchuvchi va 4 nafar yo‘lovchi) mo‘ljallangan. Shuningdek, aviatransport kuzatuv-qutqaruv ishlarini amalga oshirish, yirik yong‘in maydonlarini o‘chirish, yukni ko‘tarish, hosilni changlatish, elektr uzatish tarmoqlarini yuqoridan kuzatish, aerovideo tasvirga olish, parashutda sakrash, geologik qidiruv kabi keng ko‘lamli vazifalarni bajarishda qo‘llaniladi.
Uzbekistan Helicopters provel prezentatsiyu vertoletov Airbus H125 i Mi-8MTV
3 nafar ekipaj a’zolaridan iborat Mi-8MTV vertolotining biri 20, ikkinchisi esa 16 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsata oladi.