Toshkentda 1-avgustdan bir qancha avtobus yo‘nalishlari o‘zgartiriladi

Yo‘nalishlarni muvofiqlashtirish ishlari natijalari bo‘yicha 2021-yil 1-avgustdan boshlab, 5 ta avtobus yo‘nalishlari harakati qisqartiriladi
Sputnik
TOShKENT, 30-iyul - Sputnik. Toshkentdagi bir qancha avtobus yo‘nalishiga o‘zgartirish kiritilib, yangilari tashkil etiladi, deya xabar bermoqda "Toshshahartransxizmat".
Xabarga ko‘ra, 2021-yil 1-avgust kunidan boshlab, "Toshshahartransxizmat" AJ tarkibidagi avtobus saroylari tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan 7 ta avtobus yo‘nalishlari harakatini qisqartirish, 2 ta yangi yo‘nalish ochish, 2 ta yo‘nalish harakatiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida ma’lumot berilgan edi.
Harakat yo‘nalishi qisqartirilishi rejalashtirilgan 56, 82, 103-sonli avtobus yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha o‘rganishlarni o‘tkazish zaruriyati yuzaga kelayotgani sabab, ushbu yo‘nalishlar harakati vaqtinchalik o‘zgartirishsiz qoldiriladi.
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan “ISUZU” avtobuslari Bishkek ko‘chalarida qatnay boshladi
Bundan tashqari, o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalari bo‘yicha 2021-yil 1-avgust kunidan boshlab, 41, 32, 59-sonli avtobus yo‘nalishlari harakatiga ham qisman o‘zgartirishlar kiritiladi.
Jumladan:
32-sonli Sergeli 6-a dahasi–Gulobod ko‘chasi avtobus yo‘nalishining Erkin mavzesiga harakatlanishi qisqartiriladi va ushbu yo‘nalishning Sergeli 6-a mavzesidan harakatlanishi Yangi Choshtepa mavzesi orqali tashkil etiladi.
41-sonli Chilonzor 25-dahasi–Angi Choshtepa mavzesi avtobus yo‘nalishining Yangi Choshtepa mavzesidan Chilonzor buyum bozorigacha bo‘lgan oraliqdagi harakati qisqartiriladi. Endilikda 41-sonli yo‘nalish Chilonzor 25-dahasi–Chilonzor buyum bozori oralig‘ida 5 ta jadval asosida harakatlanadi.
Toshkentda o‘ndan ortiq ko‘chada qo‘shimcha harakat yo‘nalishlari ochiladi
Ma’lumot uchun, Yangi Choshtepa mavzesi aholisi uchun yo‘lovchi transporti xizmatlaridan foydalanishdagi uzilishlarning oldini olish maqsadida, 1-avgust kunidan ushbu mavzega 32 va 86-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati yo‘lga qo‘yiladi.
59-sonli Sergeli 12-dahasi–Karvon bozori avtobus yo‘nalishining so‘nggi bekati Sergeli 12-dahasi bekatidan Do‘stlik 2-mavzesi avtoshohbekatiga o‘zgartiriladi. Endilikda 59-sonli yo‘nalish Do‘stlik 2-mavzesi–Karvon bozori oralig‘ida harakatlanadi.
Yo‘nalishlarni muvofiqlashtirish ishlari natijalari bo‘yicha 2021-yil 1-avgustdan boshlab, 5 ta avtobus yo‘nalishlari harakati qisqartiriladi, 4 ta avtobus yo‘nalishlarining harakatiga o‘zgartirish kiritiladi, 1 ta yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etiladi.