TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. “Xorijga tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori imzolandi.
Hujjatda xorijga ishga ketayotgan fuqarolarga huquqiy, ijtimoiy, axborot maslahat yordami ko‘rsatish va moddiy qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘zda tutilgan.
Qarorga muvofiq, 2021-yil 1-sentabr-2012 yil 1-sentabrga qadar mehnat migrantlarining
- xorijiy tillar yoki kasb bo‘yicha malaka imtihonlarini topshirish (BHM 3 barobarigacha), 2021-yilda malaka imtihonlari xarajatlarini qoplash uchun 20 ming nafar mehnat migrantiga 14,6 mlrd so‘m kompensatsiya to‘lanadi.
- yo‘l transport chiptasi (BHM 2 barobarigacha);
- ishchi vizalarini rasmiylashtirish (BHM 5 barobarigacha) xarajatlarining bir qismi davlat hisobidan qoplab beriladi. Buning uchun 1,2 mln so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lash ko‘zda tutilgan.
2021 yilda xorijiy til yoki kasbga o‘qigan fuqarolarga transport chiptasi uchun 490 ming so‘m, transport chimtasini xarid qilish uchun 69 ming nafar mehnat migrantiga 33,6 mlrd so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lash rejalashtirilgan.
Bu yil xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi hisobidan 52 mlrd so‘m ajratiladi.