Tojikiston afg‘on qochoqlari uchun lager qurmoqda

Tojikiston afg‘on qochoqlari uchun lager qurmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Tojikiston afg‘on qochoqlari uchun lager qurmoqda
Xatlon viloyatining Jaxun tumanida lager maydoni 2,24 gektarni tashkil qiladi.
Mahalliy amaldor ma’lum qilishicha, lager viloyat va respublika budjetlari, shuningdek boshqa manbalar hisobidan quriladi.
Tojikiston Afg‘onistondan 100 ming qochoqni qabul qilishga tayyor
Bundan oldin Tojikiston Favqulodda vaziyatlar Qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Emomali Ibroximzoda mamlakat 100 mingta qochoqni qabul qilishga tayyor ekanligini ma’lum qilgandi.
“Afg‘oniston chegarasi yaqinida joylashgan Tojikiston mudofaa vazirligi poligonlarida bugungi kunda Afg‘onistondan 100 minggacha qochqinlarni qabul qilish va joylashtirish mumkin”, - dedi Ibrohimzoda.
FVQ raisi o‘rinbosari aytishiga ko‘ra, yaqin vaqt ichida Tojikiston janubidagi Xatlon viloyati Kushoniyon tumani hududida va Tog‘li-Badaxshon ma’muriy markazi Xorog shahrida ikkita maxsus omborxona foydalanishga topshiriladi. U yerda afg‘on qochqinlari uchun chodirlar, ko‘rpa-to‘shak, gigiyena vositalari va oziq-ovqatlar saqlanadi.