TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining yangi mis boyitish fabrikasi qurilishini boshlash marosimida nutq so‘zladi.
Shavkat Mirziyoyev aytishiga ko‘ra, Olmaliq konlarida misning misning yalpi zaxirasi – 45 million tonnani, oltin zaxirasi esa 5 ming tonnadan ziyodni tashkil etadi. Ushbu raqamlar o‘tgan 3-yil davomida dunyoning yetakchi laboratoriyalarida tomonidan tasdiqlangan.
"Bu raqamlar esa, dunyodagi eng yirik, noyob oltin va mis konlari aynan mana shu hududda joylashgan deb aytish uchun, to‘la asos bo‘la oladi", - dedi Prezident.
Shundan kelib chiqqan holda, umumiy qiymati 2 milliard dollar bo‘lgan yangi uchinchi mis boyitish fabrikasini qurishni boshlashga qaror qilingan.
Yangi korxona 2024-yilga borib yiliga 60 million tonna rudani qayta ishlash imkonini beradi. Ikkinchi bosqichda esa quvvatlar 160 million tonnaga yetadi yoki bugungi ko‘rsatkichdan 3 barobarga ko‘payadi.
Mestorojdenie "Yoshlik-1" Almalikskogo gorno-metallurgicheskogo kombinata
Ana shu ikki bosqichni amalga oshirish tufayli korxona 2028-yilga borib yiliga 400 ming tonna mis, 50 tonna oltin va 270 tonna kumush ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi. Shu tariqa Olmaliq kombinati tog‘-kon metallurgiyasi sohasida dunyodagi eng yirik sanoat majmualaridan biriga aylanadi.
Kombinat ishlab chiqaradigan mahsulotlar hajmi 3-martadan ziyod ko‘payib, uning qiymati hozirgi 2,5 milliard dollardan qariyb 8 milliard dollarga yetadi.
Asosiysi - loyiha doirasida 11 mingta yangi yuqori texnologik ish o‘rinlari yaratiladi. Bu esa yosh yigit-qizlarimiz uchun geolog, muhandis, texnolog, loyihachi, dasturchi va boshqa zamonaviy kasb-hunarlarni egallash imkonini beradi, dedi prezident.
Mestorojdenie "Yoshlik-1" Almalikskogo gorno-metallurgicheskogo kombinata
Prezident aytishiga ko‘ra, bugungi kunda Olmaliq tog‘-kon kombinati O‘zbekiston sanoatining lokomotiviga aylangan. Bu yerda O‘zbekistondi ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotining 7% yaratiladi, budjet tushumlarining 8%ini ta’minlaydi. Korxonada 40 ming kishi ishlaydi. Jami eksport hajmining 15% aynan OGMK hisobiga to‘g‘ri keladi.