TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Moskvada Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining vakolatxonasi tashkil qilinadi. Bu haqida Vazirlar Mahkamasining 27-iyul knui qabul qilingan qarorida aytib o‘tilgan.
Qarorda aytilishiga ko‘ra, Savdo vakolatxonasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
1.
Oliy darajali tashriflar yakuni bo‘yicha yo‘l xaritalariga kiritilgan aniq loyihalar va dasturlarning amalga oshirilishini ta’minlash;2.
Rossiyaning yirik korxonalari, investitsiya va moliya institutlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish;3.
Rossiyada O‘zbekistonga jalb qilinayotgan investitsiyalar hajmini oshirish;4.
Rossiyaga O‘zbekiston tovar va xizmatlar eksporti hajmini oshirish va tarkibini diversifikatsiya qilish;5.
Ikki mamlakat tadbirkorlari orasida hamkorlikni faollashtirish; Hududlararo hamkorlikni rivojlantirish, sanoat ko‘rgazmalari tashkil qilish;Qarorda, shuningdek, Vakolatxonada jami 7 kishi faoliyat yuritishi aytib o‘tilgan. Ulardan 2 nafar investitsiyalar bo‘yicha menedjer, 2 nafari tashqi savdo bo‘yicha menedjer, bir nafar moliya institutlari bilan ishlash menedjeri, hisobchi va rahbar bo‘lishi tayinlangan.
Savdo vakolatxonasi rahbari lavozimi bo‘yicha O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi maslahatchisi lavozimiga tenglashtirilgani aytib o‘tilgan.