O‘zbekiston va Qozog‘iston orasida savdo aylanmasi deyarli 50%ga oshdi

2021 yilning yanvar-may oylarida o‘zaro savdo hajmi 46%ga oshgan, undan Qozog‘istonning O‘zbekistonga eksporti 58,4%ni tashkil qilgan.
Sputnik
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. 2021-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston va Qozog‘iston orasida savdo aylanmasi miqdori 1,5 mlrd. dollarni tashkil qildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 46%ga ko‘p.
Bu haqida O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamovning bosh vazir Askar Mamin bilan uchrashuvi vaqtida ma’lum bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Qozog‘iston bosh vaziri matbuot xizmati.
Qozog‘iston O‘zbekistondan gilos xarid qilib, Dubayga sotadi
Muzokaralar davomida tomonlar transport-tranzit sohasida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini, yuk tashish hajmini oshirish masalalarini, avtomobil va temir yo‘l sohalarida birgalikda yirik loyihalar amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdi.
“Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘zaro transport-logistika potensialini oshirish choralarini ko‘rmoqda. 2021-yilning yanvar-may oylarida o‘zaro savdo hajmi 46%ga oshib 1,5 mlrd. dollarni tashkil qilgan. Bunda Qozog‘istonning O‘zbekistonga eksporti 58,4% ga oshgan.
Shuningdek ikki respublika orasida yuk tashish xizmatlarining barcha turi hajmi oshishi kuzatilayotgani va 2021-yilning 1 kvartalida yuk tashish hajmi o‘tgan yilga nisbatan 233,9 ming dollarga oshgani davlatlar orasida “20 futli ekvivalent” miqdori birinchi yarim yillikda 18%ga oshib 1,3 mln tonnani tashkil qilgani aytilmoqda.
Undan tashqari O‘zbekiston va Qozog‘iston 29-iyuldan boshlab Aktobe va Nukus orasida aviatsiya qatnovini yo‘lga qo‘yish haqida kelishib olishdi. Doimiy parvozlar haftasiga bir marotaba amalga oshiriladi.
Tadbir so‘ngida tomonlar, shuningdek, "Darbaza — Maxtaaral" temir yo‘l aloqasi hamda “Turkiston – Shimkent — Toshkent” tezurar temiryo‘l magistralini ishga tushirish haqida kelishib olishdi.