Biroq, bu hali ommaviy emlash emas, ammo mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu koronavirus infeksiyasini to‘xtatish va yengish uchun yagona imkoniyatdir.
Emlash majburiy bo‘lishi kerak. Men bu haqda deyarli bir oydan beri aytaman. Bu mening O‘zbekiston bosh epidemiologi sifatidagi pozitsiyam. Aytmoqchimanki, emlashdan tashqari biz vaziyat ustidan nazorat o‘rnatolmaymiz. Agar bizda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat qo‘shnilarimiznikiga nisbatan bir oz yaxshiroq bo‘lsa, bu biz vaziyat o‘ta murakkablashishini kutib o‘tirishimiz kerak degani emas
Respublikada har kuni 800 nafarga yaqin bemor aniqlanmoqda, 600 nafarida pnevmoniya, deb qo‘shimcha qildi u. Bu klinik asoratlarning yo‘qligi sababli Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tmaganlar hisobga olinmagan.
"Shuning uchun men emlash majburiy bo‘lishi kerakligiga aminman", - dedi Nurmat Otabekov.
Epidemiologning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda 13 turdagi infeksiyalarga qarshi emlanmoqda, bu emlash orqali immunoprofilaktikaning samaradorligini isbotlaydi.
"Hozircha esa, afsuski, koronavirus infeksiyasi bizni boshqarmoqda. Shuning uchun faqat emlangan odamlarni ish bilan ta’minlash takliflari, fikrimcha, bu asosli va to‘g‘ri chora", - deb ta’kidladi suhbatdosh.
Uning fikriga ko‘ra, agar kishi majburiy emlanadigan kishilar toifasiga kirsa, ammo ukol olmagan bo‘lsa, u epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar ishdan chetlashtirilishi kerak. Bunday tadbirning asosiy maqsadi - hamkasblari bilan doimiy aloqada bo‘lgan xodimlarni himoya qilish. Odamlar emlanish - sog‘liqni saqlash uchun zarur choralar ekanligini tushunishlari kerak. Faqatgina o‘z salomatligi va boshqalarning sog‘lig‘iga mas’uliyatli munosabat pandemiyani to‘xtatishi mumkin.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi aholini majburiy emlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi.