TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Avgust oyida Toshkentda COVID-19ga qarshi o‘zbek-xitoy vaksinasini ishlab chiqarish boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi va Xitoyning Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi vakillari kelishib oldilar. Dastlabki ishlab chiqarish hajmi - oyiga 10 million dozani tashkil etadi. RIA Novosti vazirlik matbuot xizmatiga asoslanib xabar berdi.
Kelgusida yiliga 200 million dozaga yetkazish rejalashtirilmoqda. Preparat Toshkentdagi Jurabek Laboratories qo‘shma korxonasida ishlab chiqariladi.
Xitoy vaksinasini ishlab chiqarish texnologiyasini o‘rgatishga kelishib olindi. "O‘zbekistonlik olimlar va mutaxassislarning malakasini oshirish uchun Xitoy va O‘zbekistonda bir vaqtda o‘qitish boshlanadi", deb qo‘shimcha qildi Innovatsiyalar vazirligi.
Eslatib o‘tamiz, Xitoy farmatsevtika kompaniyasi delegatsiyasi bir necha kun oldin ZF-UZ-VAC2001 o‘zbek-xitoy vaksinasini ishlab chiqarishni boshlash masalasini muhokama qilish uchun O‘zbekistonga kelgandi.
Hozirgi kunda aholini emlash uchun preparatlar respublikaga olib kelinmoqda. Bugungi kunga kelib 9 million 580 ming dozada vaksina, shu jumladan Rossiyaning Sputnik V, AstraZeneca va O‘zbekiston-Xitoy ZF-UZ-VAC2001.