Rossiya "Qiyomat kuni samolyoti"ni yaratishni boshladi

Samolyotlar mamlakat oliy rahbariyani evakuatsiyasi va yer usti hamda sputnik infratuzilmasi yo‘q qilingan taqdirda qo‘shinlarni boshqarish uchun kerak.
Sputnik
TOShKENT, 26-iyul - Sputnik. Voronejda keng korpusli Il-96-400M bazasida yadro urushi boshlanganda qo‘shinlarni boshqaruvchi samolyot yaratilishi boshlandi, deb xabar bermoqda RIA Novosti harbiy-sanoat majmuasidagi manbasiga asoslanib.
Bu singari "Qiyomat kuni samolyotlari" Il-86 yo‘lovchi samolyotlari bazasida ishlab chiqilgan Il-80 samolyotlarining o‘rnini bosishi belgilangan.
Rossiya nega “Qiyomat kuni samolyotlari”ni yangilamoqda
Yangi Il-96-400M laynerlarining parvoz masofasi oldingi versiyaga qaraganda ikki barobar ortadi. Qo‘shinlar jami ikkita shunday havo qo‘mondonlik punktiga ega bo‘ladilar. Loyiha "Zveno-3S" deb nomlangan.
Samolyot radio majmuasi buyruqlarni olti ming kilometr radiusdagi yer usti va suvosti ishga tushirish ustanovkalariga yetkazish imkoniga ega bo‘ladi.
Samolyotlar mamlakat oliy rahbariyani evakuatsiyasi va yer usti hamda sputnik infratuzilmasi yo‘q qilingan taqdirda qo‘shinlarni boshqarish uchun kerak.