O‘zbekistonga beshinchi "Afrosiyob" poyezdi olib kelindi

Dastlab, yangi poyezd maxsus yuk kemada 4000 km masofani bosib o‘tib, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga yetkazilgan edi.
Sputnik
TOShKENT, 26-iyul - Sputnik. Ispaniyaning "Patentes Talgo S.L.U." kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan "Afrosiyob"ning yangi poyezdi Toshkentga olib kelindi.
Harakat tarkibi iyul oyi boshida Ispaniyaning Bilbao shahridan Toshkentga jo‘natilgan edi.
Toshkent metrosi yana 10 ta Rossiya poyezdlari bilan to‘ldiriladi
Dastlab, yangi poyezd maxsus yuk kemada 4000 km masofani bosib o‘tib, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga olib kelindi. U yerda harakat tarkibining barcha vagon va lokomotivlari yig‘ilib, yaxlit holatga keltirilganidan so‘ng, 20-iyul kuni temir yo‘l orqali O‘zbekistonga jo‘natildi. Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston Respublikasi hududlaridan yana 4200 km masofani bosib o‘tib, nihoyat 24-iyul kuni kechki payt Toshkentga yetkazildi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu rusumdagi poyezd O‘zbekistonda beshinchi bo‘lib hisoblanmoqda. Joriy yil yakuniga qadar yana bitta shu turdagi yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezd keltiriladi.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston rivojlangan yuqori tezlikdagi temir yo‘l infratuzilmasiga ega bo‘lgan 20 dunyo mamlakatlari ro‘yxatidan o‘rin olgan bo‘lib, dunyoning yuqori tezlikdagi poyezdlari reytingi (Global High-Speed Train Ranking)ga kiritilgan Markaziy Osiyoning yagona mamlakati hisoblanadi.