O‘zbek-qozoq chegarasini kesib o‘tish uchun qalbaki hujjatlarni sotgan hamshira qo‘lga tushdi

Ekzamen po russkomu yaziku dlya migrantov
Qozog‘istonda tibbiy hujjatlarni qalbakilashtirish va sotish bilan shug‘ullangan uch nafar kishini qo‘lga oldi.
Sputnik
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Qozog‘istonning Turkiston viloyatida IIV tergov boshqarmasi harbiy-tergov bo‘limi tibbiy hujjatlarni qalbakilashtirish va sotish bilan shug‘ullangan uch nafar kishini qo‘lga oldi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, Turkiston viloyatida hamshira qozoq-o‘zbek chegarasini kesib o‘tish uchun soxta hujjatlarni sotish bilan shug‘ullangan.
Afganskiy voyenniy
Tojikiston, Qozog‘iston va O‘zbekiston: AQSh 9 ming afg‘onni vaqtincha joylashtirishni so‘ramoqda
Soxta taklifnoma bilan go‘yo Qozog‘iston tibbiyot muassasalarida davolanish uchun chegaradan o‘tish mumkin edi. Firibgarlar bunday taklifnomani 3-8 ming tangadan sotishgan.
Gumonlanuvchi uyi va ishxonasida oldindan muhr bosib qo‘yilgan 1 266 dona tibbiy blankalar aniqlandi. Unga ikki nafar sherik yordam bergan.
Gumonlanuvchilarga 1,6 million tanga (27,5 ming dollar) miqdorida jarima yoki 4-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi berilishi mumkin.