O‘zbekistonga yangi “Afrosiyob” poyezdi olib kelinmoqda

Yangi “Afrosiyob” poyezdi Rossiyadan O‘zbekistonga olib kelinmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Kuni kecha “AFROSIYOB” poyezdi Sankt-Peterburg shahridan O‘zbekistonga qarab yo‘lga chiqdi.
O‘tgan oyining oxirida Ispaniyaning Bilbao portidan 2 ta lokomotiv va 11 ta vagon, shuningdek, alohida yana 4 ta vagon ortilgan kema iyulning birinchi o‘n kunligida Sankt-Peterburg portiga yetib kelgandi.
Afrosiyob tezurar poyezdi Toshkent-Samarqand- Buxoro yo‘nalishida doimiy qatnovni boshladi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mutaxassislari rossiyalik hamkasblari bilan hamkorlikda poyezdni respublikaga olib kelishga hozirladi.
Bundan 10-yil ilgari 2011-yilda birinchi yuqori tezlikda harakatlanuvchi “AFROSIYOB” zamonaviy poyezdi respublikaga olib kelingandi.
Endi bunday poyezdlar soni beshtaga yetadi.