TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda 2021/2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari ochiq maydonda o‘tkaziladi. Bu haqda “Xushnudbek.uz” Telegram-kanalida ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, bosh vazir Abdulla Aripov rahbarligida Respublika maxsus komissiyasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan.
Unda koronavirus tarqalishining oldini olish, aholining muayan qatlamini ommaviy vaksinatsiyalash ishlarini tashkil qilish kabi masalalar muhokama qilindi.
Jumladan, yig‘ilishda 2021-yilgi test sinovlarini avgust oyida ochiq maydonlarda (stadionlar, xiyobonlar) o‘tkazish haqida qaror qabul qilindi.