Jahongir Ortiqxo‘jayev koronavirusga qarshi emlandi - video

Jahongir Ortiqxo‘jayev O‘zbek-Xitoy vaksinasi bilan emlandi.
Sputnik
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev koronavirusga qarshi emlandi. Hokim O‘zbekiston-Xitoy vaksinasining ikkinchi dozasini oldi.
Hokim, vaksina olganlar bilan shaxsan o‘zi suhbatlashgani, koronavirusga qarshi emlanish xalq sog‘ligiga va xotirjamligiga foyda berayotgani haqida gapirdi.
Eslatib o‘tamiz, 3-iyulda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov jonli efirda koronavirusga qarshi emlangandi.
SSV aholining aksariyat qatlamini majburiy vaksinatsiya qilish haqida qaror qabul qildi
Shuningdek, Toshkentdagi oilaviy poliklinikalardan birida Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ZF-UZ-VAC2001 o‘zbek-xitoy vaksinasining birinchi komponentini oldi.
Undan oldin xuddi shu preparat bilan O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov emlandi.
Oyning boshida Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin Rossiyaning "Sputnik V" vaksinasi bilan emlandi.
Kuni kecha O‘zbekistonda aholining 18 yoshdan katta bo‘lgan aksariyat qatlamini majburiy vaksina qilish haqida qaror qabul qildi.
Restoranlarga faqat ochiq havoda ishlashga ruxsat berildi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyevning “O‘zbekiston Respublikasi aholisi o‘rtasida koronavirus infeksiyasining tarqalib ketishini oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish to‘g‘risida” qarori qabul qilindi.
Unga asosan:
2021 yil 1-sentabrgacha 18 yoshdan katta bo‘lgan quyidagi toifa yoki guruhdagi aholi qatlami koronavirus infeksiyasiga qarshi 1-doza vaksinalari;
1 oktabrgacha 2-doza vaksinalari;
1 noyabrgacha 3-doza vaksinalari bilan ommaviy emlanishi (salomatligi bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lgan hollar bundan mustasno) shartligi belgilandi.